“DON-XOLM” MCHJ
JAMIYAT HAQIDA
Jamiyatimizga 2003 yili Sharopov Doniyorbek Xolmamatovich tomonidan asos solingan. Jamiyatimizning nomi va brendi qilib DON XOLM ismi tanlangan, bu nom asoschimizning ismi shariflarining bosh xariflaridir. Jamitiyamiz axoliga asosan kurilish soxasida xizmat kursatish va shu soxani rivojlantirish, axoliga sifatli maxsulotlar va xizmatlar yetkazib berishni uz oldiga maksad kilib belgilagan. sifatli maxsulotlar va xizmatlarni yetkazib berish bu nima? Bu biz ishlab chikarayatgan maxsulotlarni Uzbekistan sharoitiga iklimiga kolaversa axolining mentalitetining xisobga olib avval labaratoriya sharoitida va undan keyingina ishlab chikarishni yulga qo’yilishidir Misol uchun betonni olaylik:
1. Betonni to’ldiruvchi xom-ashyolarni tayyorlash,
a) chakik toshlarni chakilganlik darajasi 80% dan kam bulmasligi,
b) yuvilgan kum tarkibidagi tuprok mikdorini 0% ga tenglashtirish,
v) yuvilgan kum donadorligi meyoriy xujjatlar talabiga mos kelishini nazorat kilish,
g) sement sifati va markasini doimiy nazorat kilish,
d) sement va betonni tuldiruvchi kismlarini birikishini yaxshilash, beton ichidagi metallarni yemirilishini oldini olish va beton ichidagi xovo boʼshliqlarini siqib chikarish uchun kimyoviy moddalardan foydalanish,
e) tayyor betondan naʼmuna olib naʼmunalarni mustaxkamligini, qishda muzlashga bardoshlikligini va bir qator koʼrsatkichlarini taxlil qilib borish.
f) beton maxsulotimiz xususiyatlari xaqida maʼlumotlarni aks ettiruvchi pasport berish.
Barcha maxsulot va xizmatlarimizga shunday eʼtibor bilan yondashiladi.
«Yaxshidan bogʼ qoladi» deydi xalkimiz, bizning maxsulotlarimiz xalqimizga uzoq xizmat qilsa va xalq bizdan rozi boʼlsa bu bizning yutugʼimiz.